Matnga o‘tish

Birinchi kun

ONE POS restoraningiz uchun ochildi va sizga restoran logini va paroli berildi. Bu sahifa birinchi kuni nimani qaysi tartibda qilishni ko‘rsatadi: ko‘pchilik restoranlar bir-ikki soatda birinchi savdoni qiladi.

Sizga kerak bo‘ladi:

  • restoran logini va paroli (ONE POS beradi);
  • ega PIN kodi (ONE POS beradi, o‘zingiz almashtira olasiz);
  • telefon yoki kompyuter — boshqarish uchun, va kassa uchun kompyuter, planshet yoki telefon.

Telefoningizda app.onepos.uz ni oching, restoran logini va parolini kiriting, keyin PIN kodingizni yozing. Birinchi kirishda shaxsiy parol o‘rnatasiz. Qurilma turini so‘raganda “Ega qurilmasi” ni tanlang — u kassalar soniga kirmaydi.

Batafsil: Yangi qurilmani ulash.

2. Bosh sahifadagi ro‘yxatga qarang

“2. Bosh sahifadagi ro‘yxatga qarang” bo‘limi

Kirganingizdan keyin “Bugun” sahifasi ochiladi. Yangi restoranda tepada “Ishga tushirish” kartasi turadi: unda nechta qadam bajarilgani va har qadam yonida “Boshlash” tugmasi bor. Tugmani bossangiz, kerakli bo‘lim ochiladi.

Qadam Nima qilasiz
Menyuni kiriting Tayyor ro‘yxatdan taomlarni belgilab qo‘shasiz, keyin narxini yozasiz
Retseptlarni yozing Har taomga xom ashyo tarkibi — sotilganda sklad o‘zi kamayadi
Birinchi kirim Omborga kelgan xom ashyoni summasi bilan kiritasiz — foyda to‘g‘ri hisoblanadi
Xodimlarni qo‘shing Kassir va oshpazlarni qo‘shasiz, har biri o‘z PIN kodi bilan kiradi
Kassani ulang Kassa qurilmasida app.onepos.uz ni ochib, restoran logini bilan kirasiz
Chekka manzil yozing Manzil va telefon chek tepasida chiqadi

Ro‘yxatda faqat restoraningizga tegishli qadamlar ko‘rinadi. Masalan, sklad bo‘limi yoqilmagan bo‘lsa, retsept va kirim qadamlari chiqmaydi.

“Bugun” sahifasi: bugungi savdo, “Hozir qilish kerak” va “Tez ishlar”

“Menyu” bo‘limida “Tayyor ro‘yxatdan qo‘shish” ni bosing. Taomlarni belgilang, keyingi qadamda narxlarini yozing. Narx yozilmagan taom menyuda “Narx yo‘q” deb turadi va kassada sotilmaydi — narxni keyin ham qo‘yish mumkin.

“Xodimlar” bo‘limida “Xodim qo‘shish” ni bosing: ism familiya va rolni tanlang (kassir, oshpaz va hokazo). PIN kod o‘zi taklif qilinadi, xohlasangiz “Boshqa PIN” bilan almashtirasiz. Saqlagandan keyin PIN ko‘rsatiladi — uni xodimga ayting.

Xodim saqlandi: PIN kodni xodimga ayting

Kassa bo‘ladigan kompyuter yoki planshetda app.onepos.uz ni oching va restoran logini bilan kiring. Keyin o‘sha qurilmaning o‘zida siz PIN kodingizni kiritib, turini “Kassa” deb tanlaysiz.

Batafsil: Yangi qurilmani ulash.

“Sozlamalar” → “Ish sozlamalari” da “Chek sarlavhasi” ga manzil va telefonni yozing. Chek ko‘rinishini “Sozlamalar” → “Chek” da yonidagi namunaga qarab sozlaysiz.

Kassada kassir PIN bilan kiradi, smenani ochadi va sotadi:

Hamma qadamlar bajarilganda bosh sahifada “Tabriklaymiz — restoran to‘liq ishga tushdi!” chiqadi. Shundan keyin har kuni shu sahifada bugungi savdoni va “Hozir qilish kerak” ro‘yxatini ko‘rasiz.

  • “Ishga tushirish” kartasi ko‘rinmayapti. Birinchi savdodan keyin karta yig‘iladi. Sahifa pastidagi “Ishga tushirish: … bajarildi — hammasini ko‘rish” ni bosing. Hamma qadam bajarilgan bo‘lsa, karta umuman chiqmaydi.
  • Ro‘yxatda ba’zi qadamlar yo‘q. Bu qadamning bo‘limi restoraningizda yoqilmagan yoki sizda huquq yo‘q. Qaysi bo‘limlar yoqilganini “Sozlamalar” → “Bo‘limlar” da ko‘rasiz; bo‘limni ONE POS yoqadi.
  • Taom kassada ko‘rinyapti, lekin sotilmayapti. Taomga narx qo‘yilmagan. Bosh sahifadagi “Hozir qilish kerak” da “… ta taomda narx yo‘q” qatori chiqadi — “Narx qo‘yish” ni bosing.
  • Restoran logini yoki parolini bilmayman. ONE POS yordamiga yozing: @Onepos_yordambot.